Andijon biokimyo zavodi
Andijon biokimyo zavodi — yirik kimyo sanoati korxonasi. Andijon shahrida joylashgan. „Oʻzkimyosanoat“ uyushmasi tarkibiga kiradi. Dondan rektifikatsiyalangan oziq-ovqat (etil) spirti ishlab chiqaradi. Respublikadagi oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sano-at tarmoqlarini spirt bilan taʼminlaydi. Korxona 1953-yilda Andijon gidroliz zavodi sifatida tashkil etilgan va chigit shulxasi, sholi qobigʻidan texnik etil spirti, ozuqa achitqilari, ksilit, nitro-lignin va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi. 90-yillar boshidan atrof muhitga salbiy taʼsirini hisobga olib zavodning ishlab chiqarish yoʻnalishini oʻzgartirish ishlari boshlandi va 1994-yildan gidroliz sa-noati ishlab chiqarish quvvatlari toʻxtatildi. 1991-94 yillarda etil spirti ishlab chiqarish quvvatlari qurilib, korxonaning 1-navbati 1994-yildekabrda ishga tushirildi (loyiha quvvati yiliga 915 ming dal etil spir-ti). 1995-yil sentabrdan korxonaning (yillik loyiha quvvati 877 ming dal boʻlgan) 2-navbati qurilishi boshlandi va 1999-yilda ishga tushirildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |