Anderrayter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anderrayter (ing. underwriter) – 1) yangi chiqarilgan qimmatbaho qogʻozlar (aksiya, obligatsiya va boshqalar)ning muayyan miqdorini sotib olib, keyinchalik uni investorlarga sotish yoʻli bilan joylash-tirish majburiyatini oladigan kafil; 2) sugʻurta ishida sugʻurta kompaniyasi tomonidan xatarning barcha turlarini sugʻurtalash (qayta sugʻurtalash)ga vakil qilingan shaxs. A. sugʻurta portfelining shakllanishiga javob beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil