Andaza
Qiyofa
Andaza (fors. — oʻlchov, qolip) — namuna, nusxa. Qogʻoz, karton va hokazodan maxsus tayyorlanadi. Matodan kiyim, charmdan poyabzal bichish kabi ishlarda shakl koʻchirish uchun ishlatiladi. Andazaning turlari koʻp. Chunonchi: a) libosda old Andaza, orqa Andaza, yeng Andaza, yoqa Andaza, koʻkrak Andaza; 6) poyabzalda qoʻnj Andaza, sogʻ Andaza, betlik (bosh) Andaza, gulchin Andaza, tagcharm Andaza, poshna Andaza va hokazo Andaza olish, tayyorlash yoki Andazalash — kiyim bichiladigan gazlamaning ustiga Andaza shaklini tushirish; Andaza qirqish — belgilangan chiziqlar ustidan qaychi bilan qirqish. Kashtachilikda qogʻoz yoki kartondan chizmakash, rassom chizgan naqshga muvofiq qirqib tayyorlangan gul ham Andaza deb ataladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |