Andava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Andava (fors-toj. andova, ando – somonli loy suvash) – suvoq ishlarida suvalayotgan sathni tekislash, silliqlash, rax chiqarish uchun ishla-tiladigan quruvchilik asbobi. Asosan temirdan (ba’zan, taxtadan) uzunligi 30 – 40 sm, eni 8–10 sm, qalinligi 2 mm, uch tomoni ensizroq qilib yasaladi. Yarim yey shaklidagi dastasi bo‘ladi. Bundan tashqari, tunuka qoplangan katta A., katta silliqlash A.si, namat qoplangan dyuralyuminiyli kichik A., tashqi qirra A.si, ichki qirra A.si, rusta chikargich A., kurakcha A. (masterok), galtel A.si (yarim dumaloq A.) kabi xillari bor. Katta yuzalarni umumiy silliqlashda gazcho‘p (katta yog‘och A.)dan foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil