Andante

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Andante (ital. andare – odimlash) – 1) musiqada o‘rtacha sekin sur’at; 2) mazkur sur’atda ijro etiladigan musiqa asari (mas, L. Betxoven – Fa major "Andante favori" si) yoki uning qismi. Simfoniya, kvartet, sonata va hokazoning odatda 2- yoki 3- qismlari ko‘pincha A. sur’atida bo‘ladi. Mac, M. Tojiyevning 3-simfoniyasi (3- qismi), 4- simfoniyasi (2- qismi), M. Mahmudovning "Navo" simfoniyasi (1-qismi), Ik. Akbarovning "Samarqand hikoyalari" (1- qismi), 1- kvarteti (2-qismi) va boshqa Bularning barchasida A. atrof qismlar bilan sur’at jihatdan va mazmunan keskin farq hosil qiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil