Andamanlar – Andaman o.larining (Hindiston) tub aholisi. 19-asr oʻrtalarida ularning soni 5 mingga yaqin edi. Mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan. Hozirda bir necha yuz kishi qolgan. A.ning bir qismi kelgindi xalqlar bilan aralashib, oʻzlarining et-nik va til xususiyatlarini yoʻqotganlar. Antropologik jihatdan A negroidlarga kiradi. A.ning boʻyi past (erkaklari 148 sm, ayollari 138 sm), sochlari jingalak, badanlari qora. A., asosan, ovchilik bilan shugʻullanadi, an’anaviy ibtidoiy dinlarga e’tiqod qiladi.