Anbar otin Farmonqul qizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anbar otin Farmonqul qizi (1870 – Qo‘qon – 1906) – o‘zbek sho-irasi. Otasi Uvaysiyning jiyani. Onasi Ashurbibi oddiy kosib qizi. Anbar otin Farmonqul qizi Dilshod otin maktabida tahsil ol-gan. Anbar otin Farmonqul qizi she’rlar ijod qilish bilan birga mahal-lasidagi yosh qizlarga ta’lim va tarbiya bergani tufayli Otin nomiga ega bo‘ladi. A. O. o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Ijodda ko‘proq Uvaysiyga ergashgan. Navoiyni birinchi ustoz hisoblagan. Zamondoshlari Muqimiy, Furqat, Zavqiylar bilan tanish bo‘lgan. She’rlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan. O‘zbekcha she’rlari (48 ta)dan devon tuzgan. Undan 41 g‘azal, 4 muhammas, 1 qit’a, 1 masna-viy, 1 mu-stazod o‘rin olgan (1905). 70-yillarning boshida shoiraning 40 ga yaqin she’rdan iborat yana bir qo‘lyozma devoni, "Qarolar falsafasi" risolasi, 160 mis-ralik "yakka bayt"lari topildi, tojikcha g‘azallaridan devon tuzish niyati bo‘lgan, ammo bor-yo‘qligi hozirgi noma’lum. AO. she’rlari aksariyat ijtimoiy mavzuda. Zamona adolatsizligidan, mehnatchi xalqog‘ir ahvolidan so‘z ochadi, ma’ri-fatni ulug‘laydi. "Qarolar falsafasi" asarida ayollarning og‘ir qismati haqida hikoya qilinadi. Anbar otin Farmonqul qizi asarlari qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi (inv. № 1647).As: She’rlar, T., 1963; She’rlar, riso-la, T., 1970.Ad:. Qayumov L., Husainova F., De-mokrat shoira Anbar Otin, T., 1964; Qodirova M., XIX asr o‘zbek shoiralari ijodida inson va xalqtaqdiri, T., 1977; O‘zbek adabiyoti tarixi, 5 jildli, 5-jild, T., 1981; Karimov F., O‘zbek ada-biyoti tarixi, 3-kitob, 3-nashri, T., 1987.Begali Qosimov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil