Anbar Otin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Anbar otindan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Anbar Otin - 1870-1915 yillarda yashab ijod etgan oʻzbek shoirasi.

Hayoti[tahrir]

Anbar Otin Farmonqul qizi Qo‘qonda kambag‘al kosib oilasida tug‘ilgan. Otasi Farmonqul asli marg‘ilonlik bo‘lib, shoira Uvaysiyning jiyani bo‘lgan. Onasi Ashurbibi qo‘qonlik bir kosibning qizi bo‘lgan.

Ijodi[tahrir]

Anbar 7 yoshidan boshlab o‘z mahallasidagi Dilshod otinning maktabida ta’lim oladi. Navoiy va Uvaysiylarni ustoz deb hisoblagan. 1905-yilda Anbar Otin devon tuzib, unga 41 g‘azal, 4 muxammas, bir qit’a, bir mustahzod va she’riy tarjimai holini kiritgan.

Anbar Otin — lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuygʻularini oʻziga xos kuylovchi shoira. Shoiraning devoni mavjud.

Shoira ijodida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari koʻtarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng oʻrin egallaydi.

Asarlari[tahrir]

Asarlari: «Mushoira» nomli risola, «Qoralar falsafasi» («Falsafai siyohon»), «Alifbo», [[«Ey goʻzal Fargʻona, oʻzingni kel emdi shod qil» va boshqa.

Adabiyot[tahrir]

  • Anbar Otin. Sheʼrlar. Risola. Toshkent, 1970.
  • Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. Toshkent, 1964.
  • Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975.
  • Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 5-jild. Toshkent, 1980.

Havolalar[tahrir]