Anatoliy Aleksandrov
Anatoliy Petrovich Aleksandrov (1903, Kiyev — 1994, Moskva) — rus fizik olimi. Akad. (1953). Atom fani va texnikasi sohasida Rossiyadagi ilmiy tadqiqotlar rahbari. Yadro energetikasi asoschilari va tashkilotchilaridan biri. I. V. Kurchatov nomidagi Atom energiyasi instituti direktori (1960-yildan). 1975- 86 yillarda sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi prezidenti. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy akademik (1978). Il-miy ishlari dielektriklar, polimerlarning elektr va mexanik xossalarini tadqiq qilishga oid. Qattiq jismlar mustahkamligining statistik nazari-yasini yaratgan. Kemalarni minalardan himoya qilish usulini ishlab chiqqan va bu usul Ikkinchi jahon urushida qoʻllanilgan, polimerlangan stirolni kashf etgan, po-listirol kondensatorni yasagan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |