Anarxosindikalizm (yun. anarchia – beboshlik, tartibsizlik; syndikos – uyushma) – xalqaro ishchilar harakatining anarxizm ta’sirida boʻlgan oqimi. Kasaba uyushmalarini mehnatkashlar tashkilotining oliy shakli, binobarin ishlab chiqarish vositalari maz-kur uyushmalar qoʻliga oʻtishi lozim, deb hisoblagan. A.-s. sabotaj, boykot, iqtisodiy ish tashlash va kurashning "oliy shakli" sifatida umumiy iqti-sodiy stachka kabi "toʻgʻridan-toʻgʻri harakat" taktikasini yoqlagan. 19-asr oxirlarida Fransiya, Italiya, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida vujudga kelib, 20-asr boshlarida eng koʻp tarqalgan.