Anarxizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anarxizm (yun. anarchia — hokimiyatsizlik, beboshlik) — rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot. Antik dunyo zamonidayoq A.ga xos fikr yuritish alomatlari bo‘lgan, qad. xristi-anlikda diniy shaklda, keyinchalik o‘rta asrlar mazhablarida ham uchraydi. Lekin ilmiy nazariya sifatida A. keyin pay-do bo‘lgan. Nemis faylasufi K. Shmidt (Shtirner), fransuz olimi P. Prudon, rossiyalik M. Bakunin uning nazariyot-chilari hisoblanadi. A. ba’zi o‘rinlarda liberalizm bilan chatishib ketadi, har qanday davlat hokimiyatini yo‘qotishni va ishlab chiqaruvchilar uyushmalarining federatsiyasini tuzishni yoqlaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil