Anaplazmoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anaplazmoz – qoramol va qo‘y-echkilarda uchraydigan surunkali kasallik. A.ni hayvon qonida para-zitlik qiladigan Anaplasma marginale (qoramollarda), A. ovis (qo‘y-echkilarda) mikrobi qo‘zg‘atadi. A. qonni mikro-skopda tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi. Hayvon kasallikka yoz va kuz boshida ko‘proq chalinadi. Kasallikni qon so‘ruvchi so‘na va kanalar tarqatadi. Kasallangan hayvon immunitet hosil qiladi va uzoq vaqt anaplazma manbai bo‘lib qoladi (qoramollar 14, qo‘ylar 5 yilga qadar). A. anpgibiotiklar (tetratsiklin), shuningdek delalgil (qoramolga), V12 vitamini bilan davolana-di, oson hazm bo‘ladigan ozuqa, mikroele-mentlar, ko‘p suv beriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil