Anamorfirlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anamorfirlash (yun. Anamorphoo – o‘zgartiraman) – ob’-yekt tasvirining konfiguratsiyam (o‘lchamlari, shakli)ni optik yoki boshqa usulda o‘zgartirish. A. maxsus optik si-stemalar yordamida, shu bilan birga jism yoki tekisliklarni qiyalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. A.da silindrik linzalar, optik ko‘zgular, ponasimon shishalar va boshqa optik moslamalardan foydalaniladi. Tasvirning o‘zaro per-pendikulyar yo‘nalishdagi chiziqli kat-talashtirishlari nisbati A. koeffitsi-yenti deyiladi. Tasvirni gorizontal yoki vertikal yo‘nalishlarda bir tekis siqib yoki cho‘zib A. (ayniqsa, kinotexnikada) keng tarqalgan. Oddiy kinoplyonkaga go-rizontal tekislikda siqilgan tasvir tu-shirilib, uni ek-randa proyektor orqali ko‘rsatilganda, yoyish yo‘li bilan tomonlarining o‘lchamlari nisbati 2,35:1 bo‘lgan tasvir hosil qilinishi mumkin. Bunday o‘zgartirishlar, odatda, maxsus mos-lama yordamida amalga oshiriladi. Ekran te-kisligini qiyalatib A. rasmni qog‘ozga tushirishda va matbaada qo‘llaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil