Analogiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Analogiya (yun. analogia – muvofiqlik, aynanlik, o‘xshashlik) – 1) (falsafada) predmet va hodisalarda bi-ror xususiyatning o‘xshashligi. Mantikda A. yordamida ikki predmetning kanday-dir bir xususiyati o‘xshasa, boshqa xususiyatlari ham o‘xshashligi haqida xulosa chiqariladi. Chiqarilgan xulosaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilish uchun uni amaliyotda tekshirib va sinab ko‘rish lozim; 2) (huquqda) biror tayin harakat qonunda bevosita ko‘rsatilmagan holda shunga o‘xshash hodisani ko‘zda tutadigan huquqiy normani mazkur harakatga tatbiq etish. Huquqning ayrim tarmoqlarida, jumladan fuqarolik huquqida biror xil da’vo to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sud shunga o‘xshash munosabatlarni ko‘zda tutadigan boshqa qonunni qo‘llaydi. Jinoyat qonunida 1959 yilgacha qo‘llanib kelingan bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi Jino-yat kodeksidan chiqarib tashlangan. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 4-moddasida ko‘rsatilishicha, sodir etilgan qilmishning jinoiyli-gi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 9-moddasiga binoan, shaxs qonunda belgilangan tar-tibda aybi isbotlansagina javobgar bo‘ladi; 3) (tilshunoslikda) til unsurlarining (so‘z yasalishi, shakl yasalishi va boshqa holatlarda) muayyan munosabat ta’-sirida aynanlik kasb etishi. Mac, "ko‘r" ob’ektli fe’lga "qara" ob’ektsiz fe’l sinonim bo‘lib kelishi (uchishini ko‘r – qara), "ko‘r" ko‘makchi fe’lga "boq" fe’lning sinonim bo‘lishi (qilib ko‘r – boq); 4) (biologiyada) turli manbalardan kelib chiqqan, lekin bir xil vazifani bajaradigan, tashqi ko‘rinishi ham ana shu vazifaga moslangan ozmi-ko‘pmi bir-biriga o‘xshab ketadigan organlar va bo‘laklarning o‘xshashligi. Bajaradigan vazifalari bir xil, lekin kelib chiqishi turlicha bo‘lgan organlar analogik organlar deb ataladi. Bularga qush va kapa-laklar qanoti, baliq va qisqichbaqalar jabrasi, zirk va do‘lanalar tikani mi-sol bo‘la oladi. Analogik organlarning o‘xshashligi faqat tashqi tomondan. Ularning embrional rivojlanishida katta tafovut bor. Mac, qush qanoti maxsus oyoq murtagidan paydo bo‘ladi, hasharot qanoti esa teridan o‘sib chiqadi. Zirkning tikani ko‘rinishi o‘zgargan barg, do‘lananing tikani esa ko‘rinishi o‘zgargan shoxchadir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil