Analog-raqamli hisoblash mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Analog-raqamli hisoblash mashinasi — analog va raqamli-hisoblash mashinalarining qismlari (bloklari)dan tashkil topgan qurilma. Mashina oʻzgaruvchilari raqamli va ana-log (uzluksiz) koʻrinishda ifodalanadi. Analog va raqamli EHMlarning kamchiliklarini bartaraf etish, ularning afzalliklarini birlashtirish maqsadida oʻtkazilgan izlanishlar na-tijasida bitta hisoblash tizimi — gi-brid hisoblash mashinasi yaratilgan. Bu kompleksning raqamli qismi — raqamli elektron hisoblash mashinasi (REHM) asosida quriladi. Markaziy boshqaruv qurilmasi mashinaning ayrim qismlari — analog-raqamli oʻzgartirgich (AROʻ), raqam-analogli oʻzgartirgich (RAOʻ) va AEHM oʻrtasidagi bogʻlanishni zarur aniqlik va ketma-ketlikda taʼminlaydi. A.-r.h.m. matematik va mantiqiy amallarni bajarishda hamda mashina koʻrsat-kichlarini bir shakldan ikkinchi shaklga oʻtkazishda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil