Analizatorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Analizatorlar (fiziologi-yada) — yuksak darajadagi hayvonlar va odam nerv tuzilmalarining murak-kab sistemasi. A. tashqi muhit va or-ganizmdagi taʼsirotlarni idrok etib, tahlil (analiz) qiladi. A. tushunchasini I. P. Pavlov kiritgan (1909). Kela-digan axborot reseptorlar — sezuvchan (afferent) nervlar oxirlarida kabul qilinadi. Reseptorlar qoʻzgʻatuvchi taʼ-sirot energiyasini nerv impulslariga oʻtkazadi, soʻngra bular nerv sistemasining oʻtkazuvchi yoʻllari orqali A.ning oliy (markaziy) boʻlimlariga — bosh miya poʻstlogʻi qismlariga oʻtadi. A. axbo-rotning asosiy qismini atrof muhitdan oladi. Bueksteroreseptiv A. deyiladi. Bularga eshituv, koʻruv, hid, taʼm bilish, tuygu aʼzolari kiradi. Boshqa A. orga-nizmning ichki muhiti holatini tahlil qiladi (interoreseptiv A). Vestibulyar va tayanch harakat apparati, qon bosi-mining darajasi ular nazorati ostida boʻladi. A. murakkab tuzilishga ega boʻlib, mi-yani organizmdan tashkaridagi, shuning-dek uning ichidagi hodisalar toʻgʻrisida batafsil axborot bilan taʼminlaydi. A.ning vazifasi shuki, ularning yordamida hayvon tashqi hamda ichki muhitdagi foydali va zararli taʼsirlarni ajra-tib, hayot sharoitiga yaxshiroq moslashadi. Birorta A. buzilganda (shikastla-nish, kasallik tufayli) mashq jarayonida boshqa A.ning imkoniyatlari kengayadi. Masalan, koʻzi ojiz kishilarda eshitish, tuygʻu, bosim va temperaturani sezish qobiliyati rivojlangan boʻladi. Odam ongi borli-gidan unda A.ning ahamiyati yanada katta.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil