Analiz va sintez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Analiz va sintez (yun. analysis -ajratish va synthesis — birlashtirish) — kishilar dunyoni bilish jarayonida ishlatadigan, oʻzaro chambarchas bogʻlangan tekshirish usullari. Analiz fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy boʻlaklarga boʻlish, sintez esa mazkur 462boʻlaklarni fikran yoki amalda bir bu-tun qilib birlashtirish, narsani yaxlit holda tadqiq etishdir. Inson atrofini oʻrab turgan va xilma-xil xususiyatlarga ega boʻlgan ob’ektiv borliq murak-kab va shu bilan birga tayin narsa hamda hodisalardan ibo-rat. Ularni oʻrganish va bilish uchun tarkibiy qismlarga aj-ratish, yaʼni analiz (tahlil) etish lozim. Lekin ushbu usul yordamidagina ularni toʻla bilish mumkin emas, binobarin uni sintez bilan toʻldirish zarur. Sintez analiz natijalariga tayangan holda nar-sa yoki hodisani bir butun qilib bir-lashtiradi. A. va s. oʻzaro bogʻliq boʻlib, analizsiz sintez chuqur bilim bermaydi, ayni vaqtda sintez vositasida yakunlan-magan analiz ham yetarli emas. A. va s. qilish faoliyatining markazi — bosh miya katta yarim sharlarining poʻstidir, lekin mazkur faoliyat ijtimoiy ishlab chiqarish ja-rayonida va asosidagina paydo boʻladi va amalga oshiriladi. Fikrlash jarayonida A. va s. abstrakt (mavhum) tushunchalar yordamida yuzaga keladigan va abstraksiya, umumlashtirish va hokazo bilan mustahkam bogʻlangan mantiqiy tafakkur usullari sifatida namoyon boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil