Analitik tur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Analitik tur — mahalliy ahamiyatga molik geodezik toʻr. Katta mas-shtabli s’yomka oʻtkazish va muhandislik-geodezik ishlarni taʼminlash maqsadida davlat geodezik toʻrini hosil qiluvchi punktlar asosida triangulyatsiya va tri-lateratsiya usullari yordamida Analitik tur hosil qilinadi. Birinchi razryadli Analitik tur lar 1-4sinflarga oid, to-monlari 2-5 km li geodezik toʻr asosida, oʻlchash xatosi t=4" gacha mos boʻlgan siljish (koʻchish) bilan oʻlchash asosida, ikkinchi razryadlisi tomonlari 0,5-3 km li va t=10" gacha mos boʻlgan siljish bilan tuziladi. Agar davlat geodezik toʻri boʻlmasa, mustaqil birinchi (masshtabi 1:500 da, maydoni 500 km²dan katta boʻlmagan) va ikkinchi (M 1:2000, maydoni 100 km²dan kichik) razryadli Analitik tur tuziladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil