Kontent qismiga oʻtish

Anaksagor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anaksagor (miloddan avvalgi taxminan 500—428) — yunon faylasufi, riyoziyot va falakiyot olimi, Afina falsafa maktabining asoschisi. Xudosizlikda ayblangan (u Quyosh choʻgʻ holatidagi jismdan iborat, deb uqtirgan). Buzilmas unsurlar — narsalarning „urugʻ“lari haqidagi taʼlimotni ilgari surgan, keyinchalik ular gomeomeriya deb atalgan. Uningcha, olam bunyodkori aql (nus) boʻlib, unsurlarni tartibga solib turadi.

Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil