Anabolizm
Qiyofa
Anabolizm (yunoncha. anabole — koʻtarilish) — hujayralar va toʻqimalar tarkibiy qismlarining hosil boʻlishi va yangilanishida tirik organizmlarda kechadigan barcha kimyoviy jarayonlar majmui. Anabolizmning aksi boʻlgan katabolizmda esa birmuncha oddiy moddalardan murakkab moddalar sintezlanib, energiya jamgariladi. Biosintez uchun zarur boʻlgan energiya (asosan ATF shaklida) biologik oksidlanish katabolitik reaksiyalarida yetkazib beriladi. A. organizmlarning oʻsish davrida (hayvonlarda yoshlik davrida, oʻsimliklarda — umr boʻyi) jadal kechadi. Fotosintez planetar ahamiyatga ega boʻlgan eng muhim A. jarayoni hisoblanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |