Anabaptistlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anabaptistlar (yun. anabaptizo – qayta cho‘qintiraman) – 16-asrda Ger-maniya va Shveysariyada paydo bulgan plebeylar (yuqsillar) harakati taraf-dorlari. A. cherkov erkin bulishi, uning ishlariga davlat aralashmasligi va kishi esini tanigandan keyin cho‘qintirilishi lozim degan talabni olga suradi. A. "yaqinda qiyomat boshlanib, hammayoq ag‘dar-tuntar bo‘ladi", deb ishonar, sud, xukumatga itoat etishni, harbiy xiz-matni rad qilardilar. Germaniyadagi dehqonlar urushi (1524–26) va Tomas Myunser ta’sirida A. bir qismi faol inqilobiy harakatga o‘tdi. A. ta’li-moti Germaniya, Niderlandiya va Shvey-sariyada tez yoyildi. Dehqonlar urushi mag‘lubiyatga uchragach, A. ta’qib ostiga olindi. Ta’qib qilishlar 18-asr ga qadar davom etdi. A.ning qarashlari ayrim protestant mazhablari aqidalariga sin-gib ketdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil