An gʻoʻza navlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

An g‘o‘za navlari – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘simliklar eksperimental biol.si institutida yaratilgan o‘rta tolali g‘o‘za na-vlari. "AN" indeksi ruscha "Akademiya nauk" ("Fanlar Akademiyasi") suzlaridan olingan. Bu guruhdan rayonlashtirilgan navlar: AN-402 – yovvoyi Meksika g‘o‘zasini radiofosfor eritmasida ishlash usuli bilan chikarilgan (1974; N. Nazirov, F. Joniqulov, H. Qambarov, J. Dadajonov). 1978 yildan rayonlashtirilgan. AN-Boyovut 2 – Toshkent 1 navi popu-lyatsiyasi tarkibini ajratish usuli bilan yaratilgan (S. S. Sodiqov). 1983 yildan rayonlashtirilgan. AN-Samarqand – 108-F va AN-401 navlarini duragaylab yara-tilgan (1974; O.Jalilov, N. Nazirov, S. T. To‘xliyev, D. M. Boboyev). 1980 yildan rayonlashtirilgan. AN-410 – Toshkent 1 va AN-401 radiomutant navini chatish-tirishdan olingan avlodni yakka tanlash usulida chiqarilgan (J. Dadajonov). 1991 yildan rayonlashtirilgan. AN-510 – AN-505 va SL-2366 navlarini chatishti-rish yo‘li bilan yaratilgan (D. Akkujin, P. Ya. Popova, R. N. Nurmatov). 1991 yildan rayonlashtirilgan. AN – O‘zbekiston 3–AN-O‘zbekiston 1 va 108-F navlarining tabiiy duragaylanishi hamda qayta-qayta yakka tanlash usuli bilan yaratildi (N. R. Faqirov, I. N. Odilxujayev, 1976). 1980 yildan rayonlashtirilgan.Bu g‘o‘za navlarining hosil shoxlari 1 – 1,5 tipli. Bir ko‘sakdagi paxta vazni 5,0–8,5 g. Vegetatsiya davri 125–135 kun. Vertitsillyoz viltga chidamli, tolasi oq, 35–38% tola beradi. Tolasi 4-tipga mansub.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Sultonmurod Narimov va Fazliddin Sa’dullayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil