An gʻoʻza navlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(An G`o`za Navlaridan yoʻnaltirildi)

An gʻoʻza navlari — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biol.si institutida yaratilgan oʻrta tolali gʻoʻza na-vlari. „AN“ indeksi ruscha „Akademiya nauk“ („Fanlar Akademiyasi“) suzlaridan olingan. Bu guruhdan rayonlashtirilgan navlar: AN-402 — yovvoyi Meksika gʻoʻzasini radiofosfor eritmasida ishlash usuli bilan chikarilgan (1974; N. Nazirov, F. Joniqulov, H. Qambarov, J. Dadajonov). 1978-yildan rayonlashtirilgan. AN-Boyovut 2 — Toshkent 1 navi popu-lyatsiyasi tarkibini ajratish usuli bilan yaratilgan (S. S. Sodiqov). 1983-yildan rayonlashtirilgan. AN-Samarqand — 108-F va AN-401 navlarini duragaylab yara-tilgan (1974; O.Jalilov, N. Nazirov, S. T. Toʻxliyev, D. M. Boboyev). 1980-yildan rayonlashtirilgan. AN-410 — Toshkent 1 va AN-401 radiomutant navini chatish-tirishdan olingan avlodni yakka tanlash usulida chiqarilgan (J. Dadajonov). 1991-yildan rayonlashtirilgan. AN-510 — AN-505 va SL-2366 navlarini chatishti-rish yoʻli bilan yaratilgan (D. Akkujin, P. Ya. Popova, R. N. Nurmatov). 1991-yildan rayonlashtirilgan. AN — Oʻzbekiston 3-AN-Oʻzbekiston 1 va 108-F navlarining tabiiy duragaylanishi hamda qayta-qayta yakka tanlash usuli bilan yaratildi (N. R. Faqirov, I. N. Odilxujayev, 1976). 1980-yildan rayonlashtirilgan. Bu gʻoʻza navlarining hosil shoxlari 1 — 1,5 tipli. Bir koʻsakdagi paxta vazni 5,0-8,5 g. Vegetatsiya davri 125-135 kun. Vertitsillyoz viltga chidamli, tolasi oq, 35-38% tola beradi. Tolasi 4-tipga mansub.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sultonmurod Narimov va Fazliddin Saʼdullayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil