Amyobalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amyobalar (Amoebida) – soxtaoyoqlilar sinfiga mansub bir hujayrali umurtqasiz hayvonlar tur-kumi (ayrim manbalarda sinf). Ba’zi A.ning dia-metri 20 mk cha; yirik A. (Amoeba proteus) 700 mk keladi. A. chu-chuk suvlarda, nam tuproq va qumda yashaydi. Dengizlarda ham bor. A.ning qattiq qobig‘i bo‘lmaydi, shu sababli ularning gavda shakli doim o‘zgarib turadi, soxta oyoqlari bilan siljiydi. Ba’zi A. xivchin chiqaradi. A. bakteriyalar, mayda suvo‘tlar va hokazo bilan ovqatlanadi. Noqulay sharoitda A. gavdasi yumaloqlanib, qattiq qobiq hosil qiladi va sistaga aylanadi. Ayi-rish vazifasini qisqaruvchi vakuomar bajaradi. A., asosan, ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. A.ning bir qancha turlari odam va hayvonlar organizmida pa-razitlik qiladi. Asosiy turlari: erkin yashovchi oddiy amyoba (Amoeba proteus) va odam ichagida parazitlik qiluvchi ichburug‘ amyobasi (A. histolitica).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil