Amrud,murud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amrud,murud soʻzlari qadimgi turkiy yozma manbalarda uchramaydi.Mahmud Qoshgʻariy asarida armut - nashvati,olmurut shaklida keladi.Alisher Navoiy asarlarida: Shirada zardolu etib hal, Yoʻq qadu amrud kaduyi asal. (Hayrat ul-abror, 214)

Ma'nosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amrud,murud soʻzlari bir asosdan boʻlib,muroʻd sozi arab tilidan fors-tojik tiliga oʻzlashgan.Keyinchalik bu soʻz asosida yana shu mevani atovchi almurud,amrud so'zi yasalgan.Ol(al-) qizil,sargʻish qizil,olov rangi degan ma'noda boʻlib,murut(hozirgi tojik,afgʻon,eron va hind tillarida) nok, nashvati degan ma'nolardadir.

Morfemik boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu soʻz shu shaklida hozirgi zamon oʻzbek (va hozirgi tojik,eron,afgʻon,hind tillarida) tarkibiy qismlarga boʻlinmaydi,bir yaxlit tub oʻzak sanaladi.Aslida esa, bu soʻz al+murut; ol+murut; al+murud; shaklida ikki qismdan iborat bo'lgan:

Shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amrud,armot soʻzlarining qaysi biri birlamchiligi,ularning oldin qoʻllanilganligi manbalarda tasdiqlanmaydi.XI asrda armut,XV asrda amrud tarzida qoʻllanilishi armut soʻzining manba,asosligini korasatmaydi.Ularning birlamchisi amrud soʻzi boʻlib,uning ham asosi almurud soʻzidir.V.V.Radlov bu so'zning forscha ekanligini qayd etib, armud,armad,armut shakllarini beradi.

Qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tekshirilayotgan amrud,murud soʻzlari bir mevani emas, balki bir jinsga kiruvchi mevalarni farqlashda qoʻllanilgan boʻlishi kerak.Chunki murudlar turiga kiruvchi mevalar nashvati - noshpotti,nok,murud-murut,kadimurut,al(u)murut,ol(u)mur(u)t kabi tur va qoʻllanuvchi soz varyantlari bor.

Qadimgi va hozirgi zamon manbalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Boburnoma"da amrud,Zamaxshariy lugʻatida amrud kabi qoʻllanadi.Hozirgi turkiy tillarda:ozarbayjon tilida armid ,uygʻur tilida amut,almurut,qirgʻiz tilida almurut,qozoq tilida almurt,nek,qoʻmiq tilida ,eroniy tillarda: tojik tilida murod,nok,amrud,fors tilida esa shu meva boshqa belgisi bilan golabi, afgʻon tilida nak,mamasey,kurd tilida hurmê kabi shakllarda uchraydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. Meva nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 16-18 bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.