Amplituda-chastota xarakteristikasi
Qiyofa
(Amplituda-chastota harakteristikasidan yoʻnaltirildi)
Amplituda-chastota xarakteristikasi – elektr zanjiri orqali signallar uzatish jarayonida sinusoidal tebranish amplitudasining uning chastotasiga bogʻlanishidir. Aloqa kanali, kuchaytirgich va elektr zanjirlarning ish sifatini koʻrsatuvchi muhim koʻrsatkich hisoblanadi. Amplituda-chastota xarakteristikasi koʻpincha qisqacha qilib chastota xarakteristikasi deyiladi. Amplituda-chastota xarakteristikasi grafik koʻrinishida quyidagicha boʻladi: ordinata oʻqiga amplituda, abssissa oʻqiga chastota joylashtiriladi. Elektrotexnika, radio-elektronika va texnikaning boshqa sohalarida amplituda-chastota xarakteristikasi boʻyicha turli parametrlar aniqlanadi. Bu parametrlarga qarab asbob, qurilmalarning ishlashi toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |