Ampir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ampir (frans. empire – impe-riya) – me’morlik va bezak san’atida 19-asr boshlarida vujudga kelgan hamda klassitsizm rivojini nihoyasiga yetkaz-gan uslub. Shakllarning mahobatligiga, be-zaklarning jozibadorligiga (nishon, naqshlarda) erishildi. Qad. Rim, Yuno-niston va Misr badiiy merosiga tayangan holda, yangi mavzular bilan rivojlanti-rishda davlat va harbiylar qudratining ramzi boʻlib xizmat qildi. A. uslubi birinchi marta Fransiyaning Napoleon I imperiyasi davrida shakllandi (mas, Pa-rijda hozirgi de Goll maydonidagi Zafar toqi, 1806–37; me’mori J. F. Shal-gren). Unda Napoleon harbiy diktatu-rasiga suyangan burjua doiralarining gʻoyalari va estetik qarashlari ifoda et-tirilgan.Oʻzbekistonda S. Polupanov, A. Si-dorov, V. Arxangelskiy, A. Shchusev, M. Bulatov, A. Boboxonov kabi me’morlar ijodida (mas, Toshkent shahridagi Navoiy teatri, 1940 va boshqalar) A. uslubi oʻz ifoda-sini topgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil