Amperometrik titrlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amperometrik titrlash — hajmiy analizning elektr-kimyoviy usullaridan biri. Bunda titrlashning oxirgi nuqtasi titrlash jarayonida eritmadan oʻtayotgan diffuzion tok kuchining oʻzgarishiga qarab aniqlanadi. Amperometrik titrlashda polyarografik indikator elektrodi sifatida simob tomchisi, shuningdek asl metallar (odatda platina) yoki ugle-rodli materiallar (grafit, shisha-ugle-rod va boshqalar)ning qattiq mikroelektrodlari qoʻllaniladi. Amperometrik titrlashdan anorganik va organik moddalarni analiz qilishda hamda turli xil ilmiy tekshirishlarda choʻkmalarning eruvchanligi va kom-pleks birikmalarning turgʻunligini aniqlashda keng foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil