Amortizatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amortizatsiya (lot. amortisatio — qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi — asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga oʻtib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va maʼnaviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Maʼnaviy eskirish texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal boʻlgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bogʻliq. A. meʼyori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatlariga koʻra tabaqalashtiriladi. A. qiymati mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida eskirgan jihozlar oʻrniga yangisini sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar summasi tarzida jamgʻariladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil