Ammofos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ammofos – tarkibida azot bilan fosfor bo‘lgan konsentrlangan mineral o‘g‘it. U asosan monoammoniyfosfat va qisman diammoniy-fosfat aralashma-sidan iborat. Donador A. tarkibida ka-mida 10% azot, ko‘pi bilan 45% fosfor an-gidrid bor. A.da ballast komponentlar bo‘lmaydi. Suvda eriydi, fizik xususi-yatlari yaxshi. A.ni har xil tuproqlarda qo‘llash mumkin. G‘o‘zaga ekishdan oldin (shudgorlashda, bahorgi haydashda, ekish oldidan, ekish vaqtida), gullash oldidan yoki gullagan vaqtida solinganida ham samarali. O‘zbekistonning paxtakor xo‘jaliklarida fosforli o‘g‘itlar yillik normasining 80% ni A. tashkil etadi, chunki u boshqa murakkab konsentrlangan azotli-fosforli o‘g‘itlarga qaraganda samaraliroq. "Ammofos" ishlab chiqarish birlash-masi (Olmaliq kimyo zavodi) va Samarqand kimyo zavodida ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Ammofos" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil