Amir Temur mahallasi (Yashnobod tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amir Temur

Amir Temur mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yashnobod
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700016
Avtomobil kodi 01

Amir Temur mahallasi — (Furqat koʻchasi, 20-uy) — Yashnobod tumanidagi mahalla. „Tuzel“, „Usmon Nosir“, „Birlashgan“ va „Navruz“ mahallalari bilan chegaradosh. 1988-yilda tashkil etilgan. 1970-yilga qadar Qibray tumani jamoa xoʻjaligiga qarashli bogʻ (Uzumzor, Olmazor) boʻlgan. Koʻp qavatli uylar qurilishi munosabati bilan shahar ixtiyoriga oʻtkazilib, mahalla tashkil topgan. 1991-yil Amir Temur nomi berilgan. Aholisi 3200 kishi, koʻp millatli (oʻzbek, qozoq, tatar, rus va boshqalar) (2008). Mahalla hududida bolalar bogʻchasi, bir necha sanoat korxonalari, 2 ta avtosaroy mavjud boʻlgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 73 bet.