Amir Mahmud Barlos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amir Mahmud Barlos (XV asr) – samarqandlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Navoiy uning darveshtabiat, foniymashrab va betakalluf kishi ekanligini aytib, yaxshi tabʼga egaligi va noma bitganligi haqida maʼlumot beradi. Amir Mahmud Barlos Kirvon viloyatida bek boʻlib, bir muddat podshoh devonida muhrdorlik ham qilgan. Boburning yozishicha, u Abusaid Mirzo davrida ham, keyinchalik uning uchinchi oʻgʻli Sulton Mahmud Mirzoning ham beklaridan boʻlib, harbiy salohiyat sohibi, sheʼriyat bilan ham shugʻullangan, devon tartib qilgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Magoʻki, hast ruxi man zi ob ravshantar,

Ki hast peshi man az oftob ravshantar.

(Mazmuni: Mening yuzim suvdan ham tiniq dema. Mening nazarimda, u oftobdan ham ravshanroqdir)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat".