Amir Kamoliddin Husayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amir Kamoliddin Husayn (XV asr) – davlat xizmatchisi, shoir. Alisher Navoiyning jiyani, akasi Shayx Bahlulbekning oʻgʻli. Faqirlik yoʻlini tanlab, tarkidunyo qilgan. Yaxshi nazmiy tabʼi boʻlib, “Xatmiy” taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. “Majolis un-nafois”da uning ijodidan qu­yidagi matlaʼ keltiriladi:

Maro bisyor mushkil menamoyad furqati jonon,

Vidoi joni shirin ast dushvor, ey musulmonon.

(Mazmuni: Jonondan judo boʻlish men uchun juda mushkul, chunki, ey musulmonlar, shirin jon bilan vidolashish benihoya qiyin)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Majolis un-nafois".