Aminjon Ismoilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aminjon Ismoilov (1931.6.12, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), kimyo fanlari doktori (1987), professor (1989), Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan (1952). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi polimerlar kimyosi intida, Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi intida (1960—73), Bioorganik kimyo intida laboratoriya mudiri (1973—97), 1997 yildan shu institutda bosh ilmiy xodim. Asosiy ilmiy ishlari gʻoʻza va unga turdosh oʻsimliklarning fenol moddalari kimyosi, biologik roli, ularni tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida qoʻllashga oid. Ismoilov rahbarligida gʻoʻza oʻsimligida uchraydigan gossipol moddasi asosida "gossipol linimenti", "megosin malhami", "batriden tabletkasi", "gozanidon tabletkasi" kabi shifobaxsh dorilar olingan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil