Amin ar-Rayhoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amin ar-Rayhoniy(1876-1940)-Suriya-Amerika maktabi asoschilaridan biri

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ar-Rayhoniy 1876-yil 24 noyabrda orta hol maronit oilasida dunyoga keldi. Ularning Bayrutdan shimol- roqdagi al-Fureyqa togi vodiysida ozroq yeri bolgan. 12 yoshida u amakisi bilan birga Qoshma Shtatlarga boradi. Oilaning savdo-sotiq ishlari uni qiziqtirmasdi. U najot yolini kitoblardan qidirardi. Hugo, Volter, Russo, Bayron, Shekspirlarni ingliz til ida oqidi. Shekspir teatri shu qadar uni rom etdiki, 17 yoshida shtatma-shtat kechib yurgan sayyor tru ppaga kirdi. Ularda kopincha Shekspir p’esalaridag i masxarabozlar rolini oynadi yilda Kolumbi ya universitetining huquqshunoslik fakul’tetiga oqishga kirdi. Lekin bir yildan song uni tark etdi va mustaqil oqishini davom ettirdi. Ar-Rayhoniy vaqti-vaqti bilan Livanga kelib turarka n, maʼlumotidagi yetishmovchiliklarni toldirishga harakat qilar, arab tili va adabiyotini qunt bilan o rganardi. Uni, ayniqsa, suriyalik kozi ojiz faylasuf- shoir, hurfikrli mutafakkir Abul Aʼlo al-Maʼriy hayrat ga soldi. Nʼyu-Yorkka qaytgach, u al-Maʼriy sheʼrlari ni ingliz tiliga tarjima qildi. Amin ar-Rayhoniy 1940-yil 13 sentyabrda vafot etdi. Adibning merosi uning ukas i Al’bertga qoldi. U yozuvchi tugilgan qishloq al-Fureyqa -dagi adib uyida muzey tash — kil qildi. Osha yerda Rayh o-niy kutubxonasi, uning yoz ishmalari, arab hukmdorlari ning tortiqlari saqlanadi. Uning hayotiga oid asarlard a ar-Rayhoniy shoir, romanti c shoir sifatida emas, avval o jamoat arbobi, arab mam la- katlari birligi, islohatlar v a maʼrifat kurashchisi sifati da tasvirlanadi..

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1904-yilda Rayhoniy „Xachir bon va Ruhoniy“ qissasini nashr etdi. Unda nasoro ruho niylarining ochkozligi va xasisligi tanqid qilinadi.. Rayhoniyning ilk asarla ri 1910-yilda „Rayhoniy at“ nomi bilan chop qili ndi. Ular toʻrtta: sheʼrlar va nasr esse, hikmatli sozlar, mashhur 2-jildlik Arab yarim oroli mamlakatlari va Meso- potamiyaga qilingan sayohatlar bayoni, bir qancha roman, arab mamlakatlariga bagishlangan tarixiy, geografik asarlar. Bu toplamlarni I. Yu. Krac hkovskiy „Bu yozuvchinin g barcha izlanish va dardl ari- ning yorqin kundaligi“ deb atagan edi… Rayhoniy ijodida ikki qissa alohida orin tutadi: „Girdob binafshasi“ (1910) va „Haramdan tashqarida“ (1917) qissalari xuddi Jubronning „Singan qanotlar“i singari Sharqda ayol ahvoli mavzusi bilan boglanib ketadi yilda ar-Rayhoniy amerikalik jurnalist va rassom Berta Keys bil an topishadi, bir yildan song unga uylanadi. Er-xotin Meksika, Fransi ya, Ispaniya boylab sayohat qiladilar. Andaluziyaga borganda ispanl ar- ning arxitekturasi, urf-odati, milliy xarakterida uning qalbiga yaqi n bolgan garbiy-sharqiy umumiylik, oxshashliklarni izlashga intil adi. 20- va 30-yillar arab mamlakatlariga sayohatlar va joshqin, tini msiz ijodiy izlanishlar bilan kechadi. Uning arab Sharqiga, ona xal qi madaniyati sarchashmalariga sayohat xaqidagi orzulari asta- sekin idrok etilgan siyosiy mazmun bilan boyidi. Uning sayoh atdan maqsadi arablarni ozaro yaqinlashtirish, talab va harakatla rda ham- korlikni taʼminlash bolib, „Arab podshohlari“, „Toglar va sahrolar Arabistoni“ (1930), „Arab ibn Saudi“ (1928) asarlarida oz if odasini topdi yilda uning barhayotligidagi oxirgi asar -"Eron qa lbi" kitobi chiqdi. Livan boylab sayohatlari natijasini 1947-yilda, vaf otidan song bosilgan „Livan qalbi“ kitobida ifodaladi.

Adibning qarashlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ar-Rayhoniy yozuvchilarni ikki toifaga boladi: „Ularning bir toifasi odamlar uchun, boshqalari ozi uchun yozadi“ („Adiblar“). Bir qaraganda, bu adabiyotning siyosatdan mutloq yiroqligini tan olis h, real hayotdan chekinayotganlarni oqlashdek tuyuladi. Ammo ar-Ra yho- niy bu sozlarga ozgacha maʼno beradi. Oz-ozini qoniqtirish vijd on buyurganini qilish, bu esa yozuvchi halol va fidoyilik bilan, hech ki mga qaramasdan, haqiqatga fikr-oy, soz va ish bilan xizmat qilishini anglatadi („Ulug shahar“). Shunday qilib, sanʼatkor ozodligi ar-Rayho niyga anarxistcha chegarasizlik bolmay, balki yuksak maqsadni k ozlashdir. Ar-Rayhoniyning yozuvchi burchiga munosabati „yigloqi shoirlar“ni keskin qoralashida yaqqol namoyon boladi. Yigloqi sheʼriyat garchi samimiy bolsa-da, odamlarga zarracha naf keltirmaydi. Ana shu fikrni ar-Rayhoniy „Shoirlarga nasihatlar“ asarida rivojlantiradi. Ar-Rayhoniy asarlarida tabiat xamisha jonli tasvirlanadi, chunki uning panteistik tasavvurida tabiat tushunchasi hamisha xudo tushunchasi bilan bogliq. Xudo, uning taʼrificha, „muhabbat va xaqiqat“, „yashirin- gan borliq“, „tabiat zamiridagi sir“.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]