Amin Muhammedovich Muhammedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amin Muhammedovich Muhammedov (1916.14.4 - Toshkent - 2000.16.5) - gidrotexnik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi, texnika fanlari doktori (1966), professor (1968), VASXNIL muxbir aʼzosi (1970). Leningrad industrial institutini tugatgan(1937). Oktepa va Farhod GES, Shimoliy Toshkent kanali qurilishlarida ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Inshootlar, Suv muammolari va gidrotexnika institutlarida ilmiy xodim, gidravlika va laboratoriya boshligʻi (1950—61), Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutida dare oʻzanlarini bo-shqarish boʻlimi boshligʻi (1961—86), yetakchi ilmiy xodim (1986—2000). M. ayni paytda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida katta oʻqituvchi, dotsent, professor (1956—2000).

Muhammedov ilmiy ishlari dare oʻzanlari, ularning choʻkindi-oqiziklarini toʻgʻonlardan oʻtkazib yuborish, Amudaryoning quyi qismida uchraydigan deygish hodisasi va uning oldini olish muammolariga bagʻishlangan. Sibir daryolarini Oʻrta Osiyoga oqizish loyihasida bosh kanalning gidravlik oʻlchamlarini aniqlash, suv manbalaridan oqilona foydalanish, Orol dengizining ekologik muammolari masalalari ham uning ilmiy izlanishlarida muhim oʻrinda turadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil