Amimiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amimiya (yun. a — inkor qoʻshimchasi, mimos — taklidchi) — istara sovuqligi, yuz ifodasining yoʻqolishi; bunda yuzning sogʻlom kishilarga xos imo-ishorasi bemorlarda butunlay yoʻqolib qoladi. Ularning yuz qiyofasi ichki hissiyotlar (sevinch, quvonch, qoʻrqinch, hayajon va hokazo) ni ifoda etmay, doim birdek, qotib qolgandek, niqob koʻrinishida boʻladi. A. shizofreniya, tushkunlik holati, kuch-li taʼsir qiluvchi dorilarni suiisteʼ-mol qilish va boshqa okibatida yuzaga keladi. A. rivojlanuvchi falajlik hamda miya toʻqimalari yalligʻlanishi (ensefalit)ning asosiy belgilaridan biridir. 414

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil