Amil spirtlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amil spirtlar - bir atomli to‘yingan spirtlar. Zichligi 814 kg/m3. A.s.ning 8 ta izomeri bor. Ular orasida eng ahamiyatlisi izoamil spirtdir. Odat-dagi sharoitda A.s. ning hamma izomer-lari suyuq bo‘ladi. Izoamil spirt rang-413siz suyuqlik bo‘lib, undan qo‘lansa hid keladi, qaynash t-rasi 131,5°, suvda yomon erib, azeotrop aralashma hosil qiladi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. As. sivuxa moyidan olinadi. Ular sin-tetik usullar b-n ham hosil qilinadi. A.s. sulfat kislota b-n qizdirilganda oddiy amil efirlar hosil bo‘ladi. Izo-amil spirtning murakkab efirlari, mas, izoamilatsetat xushbo‘y modda. U meva es-sensiyalari tayyorlashda va lok, bo‘yoq i.ch. da erituvchi modda sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil