Amigdalin
Qiyofa
Amigdalin, – glyukozidlar sinfiga mansub tabiiy organik birikma. Achchiq bodomda (2,5- 3,5%), shaftoli (2-3%), olxoʻri (1- 1,8%), olcha (0,8%) danagida, olma, nok urugʻida va boshqalarda boʻladi. Amigdalin – yaltiroq plastinkasimon modda. Suyuklashish temperaturasi 215°, suvda va qizdirilgan spirtda yaxshi eriydi. Amigdalinning kislotalar hamda achchiq bodom mevasining suvdagi ekstraktida boʻladigan emulsin fermenti taʼsirida gidrolizlanishi natijasida D-glyukoza, benzaldegid va sianid kislota hosil boʻladi. Amigdalin odam ichagida fermentlar va bakteriyalar taʼsirida parchalanib, sianid kislotaga aylanadi va organizmning zaharlanishiga olib keladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |