Amfoterlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amfoterlik (yun. amphoteros – ikkalasi; har ikkisi) – ba’zi element oksidlari va gidroksidlarining (amfo-litlar deb ham ataladi) muhitga qarab ham kislota, ham asos xossalarini namo-yon qilishi. Tipik amfoter birikma si-fatida suv molekulasini ko‘rsatish mum-kin. Undagi kislotalik va asos (ishqor)lik xossalari reaksiyaga kirishuvchi ikkinchi tarkibiy qism xususiyatiga bog‘liq. Kuchli kislotalar bilan A. xossa-siga ega bulgan birikma asos holida va, aksincha, ishqorlar bilan kislota holida reaksiyaga kirishadi. Kuchsiz borat kis-lota o‘zidan kuchliroq ortofosfat kislo-ta bilan reaksiyaga kirishganda asos rolini bajarib, VRO4 tuzini hosil qiladi. Metall gidroksidlaridan A. alyuminiy, galliy, rux, qalay gidroksidlarda va boshqada uchraydi. Bulardan galliy gidroksidi suvdagi eritmasining kislotalik va asoslik xossalari jihatidan dissotsi-lanish konstantalari bir-biriga deyar-li teng. Organik amfoter birikmalarga karboksil guruhlari bo‘lgan aminokis-lotalar misol bo‘la oladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil