Amfisbenalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amfisbenalar, halqali kalta-kesaklar (Amphisbae nidae) – kaltakesa-klar oilasi; 17 tacha uruqqa bo‘linadigan 120 tacha turi bor. Ular, asosan, tropik Amerika bilan Afrikada tarqalgan. Besh turi Ispaniya va Portugaliyada, bittasi Eronda uchraydi. Tuzilishi yerni kov-lashga va yer ostida yashashga moslashgan. Tanasi silindr shaklida, halqalarga bo‘lingan, oyoklari yo‘qolib ketgan yoki oldingisi rudiment holda qolgan; terisi qattiq tangachalari yo‘q; ko‘zi kichkina va teri bilan qoplangan, eshituv a’zosi rivojlanmagan; bitta chap o‘pkasi bor. Yomg‘ir chuvalchangi singari, yerni kov-lab tor yo‘l ochadi va to‘mtoq dumi bilan oldinga harakat qiladi. Shuning uchun ular ikki boshli kaltakesak deb ham yuritiladi. A.ning ko‘p turlari chumo-li va termitlar uyasida yashaydi. Turli hasharotlar, qirqoyoq va yer ostida yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tuxu-mini o‘z uyasiga yoki termit va chumolilar iniga qo‘yadi. Hirot, ibijara, chipor A. bu oilaning tipik vakili hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil