Amerika ortodontistlar uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amerika Ortodontistlar Assotsiatsiyasi (AAO) – dunyodagi eng qadimgi va eng yirik stomatologlarning ixtisoslashgan tashkiloti. Unga 1900-yilda asos solishgan. Bu tashkilotning 19 000 ga yaqin ortodont aʼzolari Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va boshqa davlatlarda mavjud. Barcha ortodontistlar bir vaqtning oʻzida Amerika Dental Assotsiatsiyasiga aʼzo hisoblanadi. Uning shtab-kvartirasi Sent-Luis yaqinidagi Missuri shtatidagi Creve Coeur shahrida joylashgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ortodontistlar ortodontik muammolarni tashxislash, oldini olish va davolash boʻyicha stomatologlar boʻlib, ular akkreditatsiyalangan ortodontik rezidentura dasturida asoasan ikki-toʻrt yillik malaka oshirishni tamomlagan boʻladilar. Faqatgina ushbu treningni tugatgan stomatologlar oʻzlarini „ortodontist“deb atashadilar. Asosan ortodontistlar Amerika Ortodontistlar Assotsiatsiyasiga aʼzo boʻla olishadi.

2013-yilda Geyl Glenn Amerika Ortodontistlar Assotsiatsiyasining birinchi ayol prezidenti etib saylandi[1][2]. „AAO“ Kanada Ortodontistlar Uyushmasi bilan bogʻlangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „New Officers Elected, New Trustee Installed At American Association Of Orthodontists“. dentistrytoday.com (2013-yil 16-may). 2013-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
  2. „Orthodontists to install first female president“. asdablog.com (2013-yil 1-mart). 2017-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]