Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining inauguratsiyasi
Qiyofa
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining inauguratsiyasi — AQSh prezidenti va vitse-prezidentining tantanali qasamyod va inauguratsiya marosimi. Anʼanaga koʻra, u Vashingtondagi Kapitoliy oldida ommaviy ravishda oʻtkaziladi. 1933-yilga qadar, inauguratsiya 4-mart sanasida boʻlib oʻtardi. Konstitutsiyaga yigirmanchi tuzatish kiritilganidan keyin — 20-yanvarda boʻlib oʻtadigan boʻldi. Ilk inauguratsiya 1789-yil 30-aprelda New York federal zalida boʻlib oʻtgan. Qoʻshma Shtatlarning hozirgi poytaxti Vashingtonda inauguratsiya marosimi ilk marotaba 1801-yil 4-martda prezident Thomas Jefferson ish boshlaganda tashkil qilingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining inauguratsiyasi tarixi (Wayback Machine saytida 2021-01-28 sanasida arxivlangan). Interfax.uz. 21-yanvar 2021-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |