Kontent qismiga oʻtish

Amensalizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Amensalizm (yun. a — inkor qoʻshimchasi va mens — maʼno) — organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning bir turga foydali, ammo ikkinchi turga zararli shakli. Masalan, kemiruvchilar uyasida yashaydigan kana, burga va boshqa hasharotlar kemiruvchilar oʻrtasida yuqumli kasalliklar tarqatuvchi manba boʻlishi mumkin; yirtqich (masalan, boʻri) dan qolgan ovqatni terib yeyayotgan qargʻalarning qagʻ-qagʻi ovchining eʼtiborini jalb qiladi. Organizmlarning birga yashashi foydali yoki zararli ekanligini aniqlamoq uchun muhit sharoitining murakkab kompleks hisobga olish kerak (qarang Kompensalizm).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil