Amenoreya
Amenoreya (yun. a — inkor qoʻshimchasi, men — oy va rheo — oqaman) — olti oy va undan koʻproq muddat hayz koʻrmaslik. Agar ayol ilgari hayz koʻrmagan boʻlsa, birlamchi, oldin hayz koʻrib yursayu, maʼlum vaqtdan soʻng hayz qoni uzoq vaqtgacha yoki butunlay toʻxtab qolsa, ikkilamchi Amenoreya boʻladi. Fiziologik Amenoreya balogʻatga yetmagan qizlarda, homiladorlik, bola emizish va klimakteriya davrida uchraydi. Patologik Amenoreya ogʻir infeksion kasalliklar (terlama, sil, sepsis), umumiy darmonsizlik, moddalar almashinuvining buzilishi, ichki sekresiya bezlari faoliyatining oʻzgarishi, organizmning zaharlanishi, bachadonga turli eritmalar quyilishi tufayli roʻy beradi. Baʼzan Amenoreyada kasallik belgilari kuzatiladi, yuz va boshga qon koʻp kelib, toʻsatdan issiq seziladi, keyinchalik esa et uvushadi, sovuq ter bosadi, quloq shangʻillaydi va boshqa Hayz sikli buzilgan hollarda darhol vrachga uchrashish va uning koʻrsatmalariga amal qilish lozim.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |