Ambroziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ambroziya (Ambrosia) – 1) qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar turkumi, 30 ga yaqin turi bor. Amerika, Osiyo, Yevropa, Afrika va Avstraliya hamda Tinch va At-lantika okeanlaridagi ko‘pgina orollarda tarqalgan. Qozog‘iston, Shimoliy Kavkaz, Ukraina va Rossiyadagi bir qancha turlar zararkunanda begona ut hisoblanadi; 2) daraxtlar poyasidagi po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlar ochgan yo‘llarda o‘sadigan sodda xaltali zamburug‘lar mitseliysi tana-sining oq yoki qizg‘ish g‘ubori. A. mitse-liysi qo‘ng‘izlar uchun oziq bo‘ladi. A. bilan qo‘ng‘izlar o‘rtasidagi munosabat simbioz yashashga misol bo‘ladi. Chunki A. faqat da-raxt yog‘ochi bilan emas, balki qo‘ng‘izlarning axlati hisobidan ham oziqlanadi. A. spora hosil qiladi, maxsus hujayralari urg‘ochi po‘stloqho‘r qo‘ng‘izlar ichagi orqali boshqa sog‘lom daraxtlarga o‘tadi. Mac, rophoma zamburug‘i hosil qiladigan A. burchoqdoshlar, piyozguldoshlar ta-nasida qo‘shqanotli hasharotlar paydo qiladigan bo‘rtmalarda uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil