Amaravati (meʼmoriy yodgorlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amaravati — Hindistonning Maharashtra shtati (Krishna daryosining janubiy qirgʻogʻi)dagi yirik meʼmoriy yodgorliklaridan biri (miloddan avvalgi 2-asr). Bu binoda toshdan yoʻnilgan qadimgi sagʻana ham saqlangan. Bino Budda haqidagi afsonalardan olingan rasmlar bilan bezatilgan. Yodgorlik atrofidagi devorlar singari sagʻana oʻrnashgan supa devorlari ham oʻyma naqshlar bilan qoplangan. A.ning haykal namunalari Madras va Britaniya muzeylarida saqlanmoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil