Amaliy astronomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amaliy astronomiya – astro-metriyannt astronomik kuzatishlar vositasida vaqt, geografik koordinatalar va turli yo‘nalishdagi azimutlarni aniqlovchi, ularning o‘zgarishini o‘rganuvchi bo‘limi. Amaliy astronomiya geodeziya va hari-tografiya ehtiyojlari uchun geografik koordinatalarni aniqlash (astronomik geodeziya), navigatsiya (dengiz astronomiyasi), samolyotning havodagi koordinatalari va harakat yo‘nalishini aniqlash (aviatsiya astronomiyasi) bilan shug‘ullanadi. Kosmik kemalarning sayyoralararo fazodagi vaziyatlarini aniqlash (qarang Kosmik navigatsiya), shuningdek Oy sirtidan turib selenografik koordinatalarni aniqlash usullari ishlab chiqildi. 70-yillarda Amaliy astronomiya dan vaqt xizmati va kenglik xizmati ajralib chiqdi. Yerning sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish orqali geografik koordinatalarni aniqlash usullari muvaffaqiyatli ishlab chiqildi (qarang Kosmik geodeziya). Amaliy astronomiya da qo‘llaniladigan usullar sferik astronomiyaning nazariy ko‘rsatmalariga asoslangan. Amaliy astronomiya da universal asbob, Kuchma passaj asbobi, zenit teleskop, vertikal doira, prizmali astrolyabiya, dengiz va aviatsiya sekstanta, Yerning sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish uchun fotografik kamera va boshqa asboblar ishlatiladi. Vaqtni o‘lchash uchun kvars yoki mayatnikli soatlar, dengiz xronomet-rlari, vaqt signallarini qabul qiluvchi apparatlardan ham foydalaniladi. Aa. asboblarningtuzilishini asbob xatoliklarini tekshirish nazariyasini o‘z ichiga oladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil