Amaliy agroelektronika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amaliy agroelektronika – fan va texnikaning maxsus elek-tron qurilmalar, tizimlar va elektron hisoblash texnikasini yaratish, ularni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida qo‘llash bilan shug‘ullanadigan yo‘nalishi. Asosiy vazifalari: tuproqning fizik-kimyoviy va mexanik ko‘rsatkichlarini kuzatuvchi mikroelektron qurilmalarni turli maqsadlarga mo‘ljallangan yangi mikro-elektron texnikani yaratish va ulardan dehqonchilikda foydalanish; aerokos-mik usullardan qishloq xoʻjaligida foydalanish; dehqonchilik mahsulotlarining sifa-tini oshirishga oid agrostandartlarni tuzish; qishloq xoʻjaligini to‘la kompyuterlash va axborotlashtirish va boshqa Kompyuterlar va maxsus mikroelektron qurilmalarni qishloq xoʻjaligi da qo‘llash ekinlar hosildorligi va ish unumdorligini oshirishga, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi, suv va energiya tejaladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil