Amalgamatsiya
Qiyofa
Amalgamatsiya (lot. amalgama — qotishma) — rangli metallurgiyada asl metallar (oltin, kumush va platina) ni kukunlangan ruda yoki qumdan simob yorda-mida ajratib olish. Rudalar tegirmonlarda maydalanib amalga oshiriladigan A. ichki, boyitish shlyuzlarida amalga oshiriladigan A. tashqi deyiladi. Maydalangan rudaning suv bilan aralashmasi shlyuzda harakatlanganda metallarni mis (yoki kumush) yuritilgan listlarga surkalgan simob tutib qoladi. Elektr A. usuli ham mavjud. Bunda metall simob bilan hoʻllanib, shlyuzlarda oʻzgarmas tok taʼsirida rudaga ishlov beriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |